Pioli: "G'alati o'yin. Biz ertaroq gol urishimiz kerak edi"

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 10:31
A Seriyaning 8-turi doirasidagi "Empoli"ga qarshi o'yindan keyin "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu jamoaviy g'alaba, biz doimo shunday yutyapmiz. Birgalikda o'syapmiz va muvaffaqiyatlarga erishyapmiz.

Juda g'alati va murakkab o'yin bo'ldi. Ertaroq gol urishimiz kerak edi, biroq jarohatlar sababli o'yin tizginini o'zimizda ushlab tura olmadik, ammo bor kuchimizni ishlatdik. Bu g'alabaga tashnalik ruxi bo'ldi.

22 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyamiz "Napoli"da tugadi, endi barchasini boshidan boshlashimiz kerak.

Kalabriya va Kyerda mushak jarohatlari bor. Davidedagi jarohat biroz jiddiy. Salemakersning tizzasi yon bog'lamlarida cho'zilish borga o'xshamoqda. Ertaga u tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Kim asosiy tarkibda tushishidan qatiy nazar barchada jangovarlik ruxi yuqori", - dedi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal