

Mazkur nomga “Milan” ustozi Stefano Pioli loyiq ko'rildi.
Ayni vaqt “rossonerilar” A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Jamoa so'nggi bor chempionatda 8 mart kuni “Jenoa”ga o'z maydonida yutqazgan.
Nashr tomonidan maxsus “Afsona” sovrini esa Zlatan Ibragimovichga nasib etdi. 39 yoshli forvard joriy mavsum A Seriyada 6 o'yinda 10 ta gol urib, to'purar bo'lib turibdi.
Milanliklarni chorshanba kuni “Jenoa”ga qarshi safardagi uchrashuv kutmoqda.



