Pioli 9 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya haqida: “Milan” yuqori darajaga chiqmoqda”

19 iyul 2020, 09:55
“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli A seriya navbatdagi turida “Bolonya”ga (5:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jamoa o'yinda zavq olmoqda.  Yigitlar vaqtlarini birga o'tkazayotganlari   mashg'ulotlardayam, o'yindayam sezilib turibdi. “Bolonya” shunchaki oddiy jamoa emas, bugungi o'yin bilan biz o'z yo'limizda to'g'ri davom etayotganimizga ishonch hosil qildik. Biz hali oldimizga qo'yilgan maqsadga erishmadik. Shu bois koncentraciyani saqlab qolgan holda shu ruhda davom etishimiz lozim. 

Karantin bois e'lon qilingan tanaffusdan unumli foydalandik, ammo eng muhimi mentalitet. Qaytarib aytaman: biz nima ishni amlaga oshirayotganimizni tushunib eta boshladik. Shu sabab yanada ko'proq va yaxshiroq ishlashga intilayapmiz.

Ilgari biz turnir jadvalida o'zimizdan yuqorida borayotgan jamoalarn mag'lub etolmasdik. Yaqinda “Lacio” va “Yuventus”ni taslim etdik. Bu o'z-o'zida biz yuqori saviyaga ko'tarilganimizdan darak beradi”, dedi Pioli  DAZN efiriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: DAZN