Pike:”YCHLda favorit emasmiz, ammo...”

24 fev 2020, 23:22
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Napoli” so'nggi vaqtlarda yaxshigina kuchaydi. Albatta, bu jamoaga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Ular “Yuventus” va “Liverpul”ni taslim eta olishdi. Biz raqibdan qo'rqmasligimiz lozim. YCHLda favorit emasligimizni bilamiz. Ammo biz “Barselona”. Shu sabab istalgan vaqtda o'z xarakterimizni namoyish eta olamiz. Bu o'yinda gol urish judayam muhim.

“Napoli”da yaxshi futbolchilar talaygina. Mertens, Insine, Milik va boshqa bir qator kuchli futbolchilar bor. Ular bizga etarlicha tashvish tug'dira olishadi. O'z vaqtida bu yerda afsonaviy Maradona to'p tepgan. U “Barselona”dan keyin ushbu jamoaga ko'chib o'tgan. Messi yoki Maradona? Men Messining doimiy shijoatkorligi va o'ziga xos sehrini etirof etgan bo'lardim. U bir necha yillardan buyon “Barselona”ga shijoat va o'ziga xoslikni taqdim etmoqda”, deya Pikening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo