Pike "Real"ning mag'lubiyatidan so'ng yana "Tvitter"da masharabozlik qildi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2016, 11:41
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Real"ning "Volfsburg"dan uchragan mag'lubiyatidan so'ng, "Tvitter"da yana "qaymoqranglilar"ning ustidan kuldi.

"Haqiqat achchiq bo'ladi. Ajoyib film! Uill Smit - barcha darvlarning eng yaxshi aktyorlaridan biri" - deb yozadi Pike.

Taxminlarga ko'ra, Pikening Uill Smit haqidagi gaplari Marseloga qaratilgan. Marselo uchrashuvda Maksimilian Arnoldning qorniga boshi bilan zarba berib, o'zi yiqilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com