Pike istagan paytida "Barselona"dan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 okt 2020, 16:42
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike o'zi istagan paytda jamoani tark etishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, ushbu band futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan. Shuningdek, Leo Messi bilan kelishuvda ham shunday joy bor. Biroq argentinalik futbolchi yozda jamoani tark etishni istamadi.

O'tgan haftada 33 yoshli Pike "Barselona" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirgandi.

Biroq shunday tomoni ham borki, Pike faoliyatini "Barselona"da yakunlashi yoki boshqa qitada davom ettirishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal