Pike faoliyatidagi eng yomon voqeani esladi va jamoasining transfer siyosati haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
24 may 2019, 22:35
Barselona futbolchisi Jerar Pike YCHLning joriy mavsum Liverpulga qarshi javob bahsini esladi.

Albatta, Enfildda bo'lib o'tgan voqea professional faoliyatimdagi eng yomonlaridan biri. Biz o'zimiz bilgan futbolni o'ynashga harakat qildik. Bazida bu oson, bazida esa unchalik emas. Futbolchilar ma'lum holatlarda o'zlarini ijobiy xis etadi. Enfildda o'ylaganimizdek o'ynay olmaganimiz uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Yillar o'tmoqda va jamoamizda yoshi katta futbolchilar bor. Biz yosh o'yinchilar bilan kelishuvga erishishimiz mumkin. Kimdir klubdan ketadi. Titullarni qo'lga kiritish uchun yordam bera oladiganlarni jamoaga jalb qilish kerak. Misol uchun,  Frenki de Yong kuchlilar bilan raqobatlasha olishini ko'rsata oldi. U kelasi mavsum bizga yordam bera oladi deb o'ylayman, – deya qayd etgan Pike.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport