Pike "Atletiko"ga o'tishni xohlagani yo'q

Sherzod Nurmatov
1 okt 2022, 16:50
Futbolchi kataloniyaliklar tarkibidan joy uchun kurashish niyatida.

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike yanvar oyida "Atletiko"ga o'tmaydi.

Sport.es xabariga ko'ra, tajribali futbolchi mavsum oxirigacha o'z o'rni uchun kurashishga ahd qilgan.

Bu yil himoyachi Xavi qo'l ostidagi jamoada zaxirada qolib ketmoqda. Shu bois uning "Atletiko"ga o'tish masalasi ko'rib chiqilgandi.

35 yoshli Pike joriy mavsum "Barselona" safida La Ligada 1 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es