“Arsenal” klubi darvozaboni Peter Chex jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.
36 yoshli darvozabon sonining orqa qismidan olgan jarohati tufayli 3-4 hafta davolanishiga to'g'ri keladi. Chex Yevropa ligasida “Qorabog'” va “Sporting” shuningdek, APL doirasida “Fulxem” va “Lester”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.