"Persepolis" Shukurov variantini tanlamadi, buning sababi ma'lum qilindi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2025
Eronning "Persepolis" klubi menejeri Mustafo Lashgari o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurovning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

"Shukurov dastlabki transferlar ro'yxatimizda bo'lsa-da, uning jarohati va Fransiyada o'tkazilishi kerak bo'lgan jarrohlik amaliyoti tufayli, afsuski, u nomzodlar ro'yxatidan chiqarildi. Hozirgi kunda markaziy himoyachi va o'ng qanot himoyachisi poziciyalari uchun ehtimoliy nomzodlar bilan muzokaralar olib boryapmiz", dedi Lashgari.

Avvalroq "Persepolis" bosh murabbiy Vohid Hoshimyanning shaxsan o'zi Otabek Shukurovni jamoada ko'rmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Parsfootball