Eron Pro ligasi. "Persepolis" va "Fulad" o'rtasidagi o'yinda g'olib nomi aniqlanmadi

Alisher Ostonov
13 sen 2025
Eron Pro ligasi 3-tur doirasidagi "Persepolis" - "Fulad" o'yini bo'lib o'tdi.

Ali Alipur 43-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mehmonlar o'yinchisi ikkinchi bo'limning boshida, aniqrog'i 47-daqiqada Muhammad Rizo Sulaymoni raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

"Persepolis" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov tanaffusdan so'ng o'yinga qo'shildi. "Fulad" safida O'tkir Yusupov jarohati sabab o'yinni o'tkazib yubordi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia