Perishich: "Italiyani mag'lub etishimiz mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
17 noya 2014, 10:46
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich Italiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Butun 90 daqiqa davomida ustunlik qildik. Italiyani mag'lub etishimiz mumkin edi. To'rtta o'yindan so'ng 10 ochkoga egamiz, o'z o'yinimizdan qoniqdik. So'nggi daqiqalarda yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandim. Gol ura olmaganimdan afsusdaman, lekin Milanda yaxshi o'yin namoyish etdik", - deydi Perishich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru