Peres: "Toni Kroosga o'xshashini topish juda qiyin"
Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024, 13:33
"Real" rahbari Florentino Peres "qaymoqranglilar" sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos haqida iliq fikr bildirdi.
"Toni Kroosga o'xshashini topish juda qiyin. U klubimiz tarixidagi eng yaxshilaridan biri. Nafaqat, "Real" balki, dunyo futboli tarixidagi eng zo'rlaridan. 25 may kuni uning futbol bilan xayrlashuvi ta’sirli va unutilmas bo'lgandi".