Peres: “10 yil oldin Neymarga qiziqqanmiz va 45 mln evro taklif qilganmiz”

Eldor Akmurzayev
19 okt 2022, 09:10
“Real” prezidenti Florentino Peres “Real” bir necha yil oldin Neymarni sotib olishga harakat qilgani haqida gapirdi.

“10 yil oldin Neymarga qiziqqanmiz. U “Santos”dan ketmoqchiligidan sport direktori orqali xabar topdim. “Real” unga 45 mln evro taklif qildi, ammo shaxsan o'zim hech kim bilan muzokara o'tkazmadim.

Nega u “Real”ga o'tmadimi? O'yinchilar o'zlari istagan erga borishadi. Neymar “Barselona”ga o'tishni xohladi va shu tufayli u faoliyatini Kataloniyada davom ettirdi”, deya esga olgan Peres.

2013 yil Neymar 88 mln evro evaziga “Barsa”ga transfer qilingan. 2017 yilda esa u 222 mln evroga PSJga transfer qilindi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca