Per-Emerik Obameyang: “Ronaldo futbolni o'zgartirdi”

Narzulla Saydullayev
13 avg 2013
“Borussiya” hujumchisi Per-Emerik Obameyang afsonaviy Ronaldoni qanday baholashini aytib o'tdi. Shuningdek dortmundliklar jamoasiga o'tganini sababini ham gapirib berdi.
Gabonlik goleador shu yozda “Sent-Eten”dan “Borussiya”ga 13 million evro evaziga o'tdi. Obameyang Bundesligadagi birinchi o'yinidayoq xet-trikka erishdi, dortmundliklar esa “Augsburg”ni 4:0 hisobida engishdi.

“Men uchun kim namuna? Ronaldo. O'sha braziliyalik, portugaliyalik emas” - deydi 24 yoshli hujumchi. “O'ylashimcha u o'z o'yin uslubi bilan futbolni o'zgartirdi. Ronaldo dinamik bo'lgan, bosh bilan juda yaxshi o'ynagan, kuchli texnika va tezlikka ega edi. Bu futbolchi katta masshtabdir”.

Shuningdek hujumchi nima sababdan faoliyatini Dortmuntda davom ettirishni maqul ko'rganligini gapirib o'tdi.

“Men Germaniyada o'z o'rnimga ega bo'lishimni ko'rsatishim uchun barqaror o'ynashim kerak. Buning uchun esa ozgina vaqt kerak bo'ladi, bunga misol Robert Levandovski bo'la oladi va aynan shu narsa meni tezroq moslashishimga yordam beradi. “Borussiya”da hujumchi hamma vaqt oldinda shunchaki turishi kerak emas. Faqat shuni o'rganib olsam men top darajali o'yinchi bo'la olaman. Aynan shuning men “Borussiya” va Yurgen Kloppni tanladim”, - deb yozadi Obameyangning so'zlarini goal.com.

Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia