Per-Emerik Obameyang: "Martinelli super yulduz bo'ladi"

"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoadoshi Gabriel Martinelli haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Gabi super yulduzga aylanadi. Gollari tufayli emas, balki, ishga bo'lgan munosabati, energiya va fikrlash qobilyati sababli", – deb yozdi Obameyang o'zining "Twitter"dagi shaxsiy sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Martinelli kecha "Sheffild"ga (1:1) qarshi uchrashuvda "to'pchilar"ning yagona goliga mualliflik qildi.


Manba: Sky Sports