

“Yuventus”ga qarshi o'yinlar allaqachon o'tmishda qoldi, ularni o'ylamayapmiz.
Endi esa barcha bor e'tiborni “Chelsi” bilan o'yinga qaratmoqda.
Biz ishtiyoq va jamoaviy o'yinni namoyish etishimiz kerak, barcha o'zining eng yaxshi darajasini ko'rsatishi lozim. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va o'yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. “Chelsi”ni hurmat qilamiz, ammo muxlislarimiz bizdan kutayotgan o'yinni namoyish etishga harakat qilamiz”, deydi portugaliyalik himoyachi.



