Pepe Xabi Alonso haqida: "Bu klubning talablari juda katta"

Mirjalol Normatov
12 okt 2025, 22:31
"Real" sobiq futbolchisi Pepe sobiq jamoadoshi Xabi Alonsoning "qirollik klubi"dagi faoliyatida muvaffaqiyatlar bo'lishiga umid qildi.

"Xabi bilan birga o'ynaganman, uni yaxshi bilaman. "Real"ni boshqarish u uchun juda katta chaqiruv, bu klubning talablari juda katta.

Joze Mourinyu "Real"ni boshqarayotganda Xabi u bilan ko'p gaplashardi. Ko'p narsalarga qiziqardi, so'rardi. Menimcha hamma shu orqali o'zining nuqtayi nazarini ayta oladi.

Umid qilamanki, Xabining "Real"dagi faoliyati zo'r bo'ladi", - dedi Pepe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca