Pepe Reynaning qaysi klubda o'ynashni xohlayotgani ma'lum bo'ldi

14 may 2020, 09:59
Pepe Liga 1 ga ko'chib o'tishi mumkin.

PSJ “Milan” posboni Pepe Reynani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, 37 yoshli Reyna PSJga o'tish uchun, klubda ikkinchi raqamli posbon bo'lishga ham rozi.

Avvalroq “rossonerilar” maoshlarni kamaytirish uchun Reyna bilan xayrlashishga tayyorligi bildirilgandi. Pepe “Milan”da hozir yiliga 3 mln evro ishlab topadi.

Futbolchi 2020 yil yanvaridan “Aston Villa”ga ijaraga berilgan. U APLda 6 ta o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 13 ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato