Pepe “Arsenal”ga o'tishi mumkin

Nikolya Pepening taqdiri tez orada hal etiladi.

“Lill” hujumchisining agenti Pepe “Arsenal”ga o'tishi mumkinligiga ishora qilgan. Ma'lum bo'lishicha, London klubi Pepe uchun so'ralayotgan 80 mln funtni to'lashga tayyor.

Avvalroq futbolchiga “Napoli”, “Inter”, “Bavariya” kabi klublar xaridorligi haqida xabar berilgandi.

O'tgan mavsum Pepe Liga 1 doirasida 22 ta gol urgandi.


Manba: Dimarzio.com