Pep "Siti" chempionlik poygasida "Arsenal" va "Liverpul"dan ortda qolayotgani haqida: "Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz muhimroq"

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024, 16:49
Pep Gvardiola "Man Siti" uchun UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish qanchalik muhimligi haqida gapirib o'tdi.

"Shaharliklar" ustozi APL 31-tur doirasida "Aston Villa" bilan bahsdan (4:1) keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.


"Arsenal" va "Liverpul" "Man Siti"ni ortda qoldirayotgani haqida

"Ularning ochkolari bizdan ko'proq, shu sababli ular favorit. Biroq biz uchun eng muhimi Chempionlar Ligasiga chiqish. Bu musobaqada ishtirok etish qator sabablarga ko'ra muhim va biz bu vazifani uddalashga yaqin turibmiz. "Villa" ustidan qozonilgan g'alaba – (YCHL tomon) katta qadam", – dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: BBC