Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni vaqtda sayyoramizning eng kuchli jamoasi"

8 noya 2019, 19:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

– Ayni vaqtda "Liverpul" sayyoramizning eng kuchli jamoasi. Bizni 90 daqiqalmu o'yin kutmoqda va rejaga amal qilgan holda harakat qilamiz. 


– Klopp haqida nima deya olasiz?

– U "Borussiya"da bu ishni bajardi va bu yerda ham uning jamoaga qanday ta’sir qilganini tahlil qilish oson. Jamoani qabul qilib olgan paytida, chempionlik uchue davo qilmadi, 3-4 yildan so'ng esa ajoyib jamoa qurdi.


– "Manchester Siti" imkoniyatni boy bersa, chempionoik uchun poyga yakuniga etadimi?

– Bilmayman, oldin ko'plab o'yinlar bor. Biz oldimizda turgan barcha o'yinlarda oxirigacha kurashishni istaymiz, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: manchestereveningnews.co.uk