Pep Gvardiola jahonning eng kuchli termalaridan birini boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 noya 2024, 21:47
Pep Gvardiola kelajakda Braziliya termasini boshqarishi mumkin.

"The Athletic" xabariga ko'ra, kataloniyalik murabbiyga Braziliya termasida ishlash varianti yoqmoqda. Ayni damda u "Manchester Siti"da yana bir yil ishlab, Braziliya termasini JCH-2030ga tayyorlamoqchi. Lekin hali u bir qarorga kelganicha yo'q.

Braziliya futbol konfederatsiyasi ham Gvardiola xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Tashkilot vakillari bu yili Gvardiola bilan bir necha marta qo'ng'iroqlashgan va suhbatlar olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic