Pep Gvardiola: "Brayton"dan ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilyapman"

Mirjalol Normatov
23 may 2023, 23:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Brayton"ning evrokuboklarga yo'llanma olgani haqida gapirdi.

"Brayton"ni ajoyib yutuq - Yevropa ligasi bilan tabriklayman. Robertoni so'nggi 20 yillikdagi eng zamonaviy murabbiylardan biri deb hisoblayman. Biror jamoa hozir "Brayton" kabi o'yin ko'rsata olmayapti. Jamoa mukammal o'ynamoqda. Robertoning jamoa o'yiniga ta’sir o'tkazishini bilgandim, biroq bunchalik darajada katta ta’sir o'tkazadi, deb o'ylamagandim.

"Brayton" muvaffaqiyat yo'liga kirib oldi, shu sababli ulardan ko'p narsalarni o'rganishni istayman. Kataloniyada "elBulli" restorani bo'lardi, uning bosh oshpazi Ferran Adriya uzoq yillar davomida mamlakatning eng yaxshi oshpazi edi, bir necha yillar davomida u o'z restoranini mukammallashtirib bordi.

Gap chiqarilayotgan qarorlarda. "Brayton" futbolchilari paslar uchun to'g'ri ochilishmoqda, paslar ham ustalik bilan berilmoqda. Shu sababli ular bu borada hozir dunyoda eng yaxshisi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal