Pep Gvardiola: "Biz chorak finalga munosib emasdik"

Mirjalol Normatov
14 mar 2025, 20:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL pley-off bosqichi haqida gapirdi.

"Afsuslanish yoki jaxl chiqish holati bo'lmadi. Biz bu bosqichga munosib emasdik. Futboldan zavq oling, "Enfild" yoki Parijda zo'r o'yinlar bo'ldi, "Barselona" butun mavsumni yuqori darajada o'tkazmoqda, ularning "Benfika"ga qarshi 65-70 daqiqasi butun mavsumini ko'rsatib bera oladi.

Men shunchaki tomoshabinman. Tomosha qilyapman, o'rganyapman, zavq olyapman. Hayolimda: "Ehhh, attang, "Manchester Siti" shu yerda bo'lishi kerak edi", degan fikr yo'q. Ushbu mavsumda "Manchester Siti" bir bokal ichimlik bilan o'yinlarni televizor orqali tomosha qilishga loyiq", - dedi Pep.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra