
Tarkibda yangi jarohatlangan futbolchilar yo'q. Butun jamoa o'o'yinga tayyor. Yaya Ture jamoa bilan butun hafta davomida shug'ullandi. Boni ham ikki haftadan buyon jamoa bilan birga. Balki endi u uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashga tayyordir. Buni o'ylab ko'ramiz. "Liverpul"ni Turkiyadan biroz kechikib kelgani bizga kichik ustunlik berishi mumkin. Lekin bu hal qiluvchi rolni o'ynamaydi deb o'ylayman. Bizning vazifamiz - uchrashuvda bir jamoa bo'lib yaxshi o'yin ko'rsatish. "Liverpul"ga qarshi o'yinda g'alaba biz uchun juda muhim. Uch ochko bizga suv va havodek zarur. Bellashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.