Pele: "Messi faqat chap oyog'i bilan o'ynaydi va bor-yo'g'i bitta harakatni biladi"

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018, 11:18
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Pele Lionel Messini o'zi va Diego Maradona bilan solishtirdi.

"Qanday qilib bosh va ikkala oyoqda yaxshi o'ynay oladigan futbolchini Messi bilan solishtirish mumkin. U faqat chap oyoqda o'ynaydi va bor-yo'g'i bitta harakatni biladi. Biror futbolchini Pelega tenglashtirish uchun, u chap, o'ng oyoq va bosh bilan yaxshi o'ynashi lozim.

Maradona yoki Messi? Maradona dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Diego Messidan ancha kuchli bo'lgan" - deydi Pele.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Folha de Sao Paulo