

Braziliyalik boshqa bir daho Diegoning o'limi haqida gapirdi.
"Do'stlaringizni bu tarzda yo'qotish juda ham achinarli. Albatta, qachondir samoda u bilan birga to'p tepamiz", deydi Pele.
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker ham Maradonaning o'limi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi:
"Argentinada Diego Armando Maradonaning vafoti haqida yozishyapti.
U bizning avlod ichidagi eng yaxshi o'yinchi edi, hozirgacha munozarali ravishda barcha zamonlarning eng zo'r futbolchisi deb etirof etiladi.
Baxtli, ammo notinch hayotdan keyin, nihoyat, Diego orom oladi deb umid qilaman".



