Pele: "Braziliyada jamoa yo'q, Neymar bir o'zi JCH-2018da g'olib bo'la olmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2018
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Pele milliy jamoaning jahon chempionatidagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Titega ishonaman. Meni faqat bir narsa havotirga solmoqda: Jahon chempionatiga bir necha kun qoldi, bizda esa haligacha jamoa yo'q. Futbolchilar individual kuchli. Biz jamoa emasmiz.

Neymar men uchun dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Hozir u tajribali o'yinchi, biroq bir o'zi jahon chempionatida g'olib bo'la olmaydi. Bunday turnirlarda faqat jamoalar g'olib bo'ladi.

Eng yaxshi Braziliya terma jamoasi 1970 yilda bo'lgan. O'sha mundial oldidan futbolchilar bilan 6 oy birga bo'lganmiz. Aynan shu sababli muvaffaqiyatga erishganmiz" - deydi Pele.

Braziliya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Shveytsariya, Serbiya va Kosta-Rika bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN GB