Pedru Netu 60+3 mln evro evaziga "Vulverxempton"dan "Chelsi"ga o'tdi

Alisher
11 avg 2024, 22:31
Pedru Netu "Vulverxempton"dan "Chelsi"ga o'tdi.

24 yoshli portugaliyalik vinger etti yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 60+3 mln evroni tashkil etgani xabar qilinmoqda.

Netu o'tgan mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 9ta assist qayd etdi.

U Evro-2024 doirasidagi 3ta o'yinda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com