"Barselona" hujumchisi Pedro bugungi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Men uchta gol urganligimdan xursandman. Mag'lubiyatdan qutulib qolganligimiz yaxshi bo'ldi. Nafaqat, hisobni tenglashtirdik, balki yakunda g'alabani ham qo'lga kiritdik. Yilni yaxshi tugatish biz uchun muhim edi va jamoa buni uddasidan chiqa oldi.