Pedro "Chelsi" bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 17:12
Yarim himoyachi Pedro "Chelsi" bilan xayrlashdi.

"Chelsi"dagi ajoyib 5 mavsum orqali klubdagi faoliyatim yakuniga etdi. Jamoa rahbariyati, murabbiylar, jamoadoshlarim, muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular katta oilaning bir bo'lagi bo'lishimga zamin yaratishdi.  Bu yerda juda baxtli bo'ldim va uyimdagidek his qildim.

Ushbu klub bilan birga APL, Angliya Kubogi va Yevropa ligasi kabi katta sovrinlarni qo'lga kiritdim. "Chelsi"ga o'tib, faoliyatimdagi eng muhim qadamni tashlashimni bilardim. Klubning keyingi ishiga rivoj tilayman. Olg'a, "Chelsi"!", - deb yozadi Pedro.

Yozda Villian ham jamoani tark etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express