

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri kutilmaganda safdan chiqdi. Futbolchi o'ng sonining to'rt boshli muskulini jarohatlab olgan. Bu haqda klub rasman xabar berdi. "Barselona" klubi futbolchining tiklanish muddatini ma'lum qilmadi, ammo Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, futbolchi eng kamida bir yarim oy maydonga tusha olmaydi.
Qayd etish joizki, futbolchi oktyabr oyida safga qaytishi mumkin.



