Pedri jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
15 apr 2022, 10:17
"Barselona" yarim himoyachisi "Ayntraxt" (2:3)ga qarshi Yevropa Ligasi 1/4 final javob o'yinida jarohat oldi.

19 yoshli yarim himoyachida mushaklar yorilgani taxmin qilinmoqda, shu sabab u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Agar dastlabki tashhis tasdiqlansa, o'yinchi kamida 6-8 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Pedri allaqachon joriy mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi. U mavsumning birinchi yarmida o'ynamadi va yanvarda maydonga qaytgan edi.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo