Paye yetakchi bo'lgan reytingda, Messi 10-o'rinni egalladi, Ronaldu esa...

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 19:19
"Goal" nashri yakunlanayotgan mavsumda top-5 chempionatlarda golli vaziyatlar yaratish borasida yetakchilarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, eng ko'p vaziyatni 121 vaziyat bilan "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Paye egalladi. Ikkinchi o'rinda esa "Manchester Siti" xavbeki Kevin De Bryuyne (106) qayd etildi. Uchinchi o'rinni "Napoli" hujumchisi Lorenco Insine (95) qo'lga kiritdi.

"Barselona" hujumchisi Leo Messi 10-o'rinni (86) egallagan bo'lsa, "Real" forvardi Krishtianu Ronaldu kuchli yigirmalikka kirmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com