

Maksim Shackix odatga ko'ra ikkita o'yinning birinchisida yoshlardan foydalandi.
Faqatgina asosiy jamoadan Sanjar Quvvatov darvozadan joy oldi. U ham ikkinchi bo'lim o'rtalarida jarohat olganligi bois, o'z o'rnini Eldor Suyunovga bo'shatishga majbur bo'ldi.
O'yinni boshida o'tkazib yuborilgan ikkita gol "Dinamo" Batumiga g'alaba taqdim qildi.
Ertaga "sherlar"ning asosiy tarkibi "Dinamo" Kiev klubiga qarshi yig'indagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.
"PAXTAKOR" - "Dinamo" (Batumi, Gruziya) 0:2
Gollar: Flamarion, Vacadze
"Paxtakor" (boshlang'ich tarkib): Quvvatov (Suyunov), Todorov, Hamraliev, Abdumajidov, Poyonov, Beglarxonov, Usmonov, Xolmatov, O'rinboev, Saidnurullaev, Turdimurodov.




