"Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi Qatar Yulduzlar Ligasi Kubogi sohibiga aylandi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2017, 10:57
"Paxtakor"ning Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidagi raqibi "Al-Garafa" sovrin yutib oldi.

"Al-Garafa" Qatar Yulduzlar Ligasi Kubogi finalida "Al-Rayyan" bilan to'qnash keldi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. G'olib tomondan gollarni Luis Ximenes, Amro Abdulfattoh Ali Surag va Ahmad Aloaldinlar kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, "Al-Garafa" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi OCHL pley-off uchrashuvi 30 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia