
Guruh bahslarining oxirgi turida Rossiya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Jasur Abduraimov shogirdlari 17 sentyabr, seshanba kuni final yo'llanmasi uchun Turkmaniston terma jamoasi bilan maydonga tushadilar. Musobaqa reglamentiga ko'ra, dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. Umid qilamizki, 1997 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz bizni g'alaba bilan xursand etishadi.