"Paxtakor" yoshlari Hamid Rahmatullaev xotira turniri g'olibi!

Narzulla Saydullayev
2 may 2014, 15:12
Hamid Rahmatullaev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir bugun yakunlandi.
"Paxtakor"ning 1999 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari guruh bosqichida Shahrixondan kelgan jamoani 7:0, Yangiyo'l futbol maktabini esa 6:2 hisobida dog'da qoldirdi. Yarim finalda Toshkentning "Spartak" jamoasi 2:0 hisobida mag'lub etildi. Bugun o'tgan final bahsida "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari raqib bo'lishdi.

Rustam Qurbonboev shogirdlari o'yin davomida hujumkor futbol namoyish qilishdi va 2:0 hisobida zafar quchishdi. Har ikki gol ikkinchi bo'limda urildi. Shunday qilib, tarbiyalanuvchilarimiz Hamid Rahmatullaev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqa oltin medallari va kubogi bilan taqdirlanishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz