"Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi Superkubokni kim boshqarishi ma'lum

Tolibjon Qosimov
4 mar 2021, 16:29
"Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi Superkubokni kim boshqarishi ma'lum

Bilasiz, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion "Paxtakor" va vice-chempion "Nasaf" klublari o'rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi "Dinamo" stadioni mezbonlik qiladi.

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov, komissar Jahongir Rahmatullaev.


Eslatib o'tamiz, o'yin soat 16:00da start oladi.




Reklama 



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz