"Paxtakor" U-15 jamoasi xotira turniri g'olibiga aylandi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018, 18:31
Bugun "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan "Xotira qanotlari" musobaqasi yakuniga etdi.

Turnir finalida "Paxtakor" futbol akademiyasining 2003 va 2004 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari to'qnash kelishdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Dmitriy An boshchiligidagi 2003 yil tarbiyalanuvchilari 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida "Paxtakor" va o'zbek futboli faxriylari ishtirok etishdi. Unda faxriylar so'zga chiqib, keyin g'olib va sovrindorlarni taqdirlash bo'lib o'tdi.

O'yinlar natijalari:
11-12 o'rin: "Chirchiq" - "Samarqand" 2:0
9-10 o'rin: "Buxoro" - "16-BO'SM" 0:1
7-8 o'rin: "Uchko'prik" - "Yangier" 2:0
5-6 o'rin: "Navro'z" - "Olmaliq" 3:0
3-4 o'rin: ROSMM - "Bunyodkor" 1:0

Final:
"Paxtakor" - "Paxtakor-2" 4:1
Gollar: Fayzullaev 2, Asqarov, Ergashboev - Beglarxonov.

Eng yaxshi futbolchilar
Eng yaxshi darvozabon - Samandar Jo'rabekov ("Paxtakor-2")
Eng yaxshi himoyachi - Vazgen Pogosyan ("Paxtakor-2")
Eng yaxshi yarim himoyachi - Behruz Asqarov ("Paxtakor")
Eng yaxshi hujumchi - Mashhur Bahodirov (ROSMM)
Eng yaxshi futbolchi - Abbos Fayzullaev ("Paxtakor")
Musobaqa to'purari - Raif Muxamedshin (ROSMM)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz