

Raqibimiz Rossiya birinchi divizioni vakili Yaroslavlning “Shinnik” klubi. 1957 yilda asos topgan jamoa uchun mazkur o'yin Turkiyadagi birinchi o'chrashuvdir. Aleksandr Pobegalov boshchiligidagi jamoa Rossiya birinchi divizioni birinchi davrasidan so'ng, 40 ochko to'plagan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, sobiq ittifoq chempionati birinchi ligasi doirasida, jamoalar o'zaro 18 marotaba maydonga tushganlar. “Paxtakor” hisobida 7 g'alaba, 8 durang va 3 mag'lubiyat bor.
“Paxtakor” esa mazkur o'yin bilan birinchi Turkiya yig'iniga yakun yasaydi. Bu o'yinga qadar vakillarimiz “Nefteximik” Nijnekamsk (1:1), “Yageloniya” Bialistok (1:0) va “Terek” Groznyy (1:2) jamoalariga qarshi maydonga tushdilar. Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv jamoamizning Turkiyadagi birinchi o'quv-nazorat yig'iniga yakun yasaydi va vakillarimiz 8 fevral kuni Toshkentga qaytib keladilar.



