Oldin xabar berilganidek, tarkibga Ummonda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilarimiz ham qo'shilishgan.
Himoyachi Boyan Miladinovich Turkiyada jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi. Yana bir himoyachi, Artyom Filiposyan 28 yanvar kuni jamoa qarorgohiga yetib keladi.
Delegaciya kecha PAPILLON mehmonxonasida joylashdi. Ob-havo noqulay kelgani tufayli futbolchilar trenajer zalida shug'ullanishdi. Bugun 26 yanvar kuni, futbolchilar mehmonxona yonidagi maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Yigitlar maydonda to'p bilan harakat qilishdi va to'laqonli mashg'ulot o'tkazishdi.
Davron Hoshimovdan boshqa barcha umumiy guruhda shug'ullandi. Himoyachini charchoq alomatlari bezovta qildi. Klub menedjeri boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Eslatib o'tamiz, 29 yanvar kuni Nijnekamsning Nefteximik klubiga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etiladi.