"Paxtakor" tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2015, 23:50
"Paxtakor"ning asosiy va yoshlar tarkibi futbolchilari yozgi tanaffusga chiqishdi.

Asosiy tarkib a'zolari 11 iyul kuni tibbiy tekshiruvdan o'tib, 12 iyuldan mashg'ulotlarni boshlashadi. Ularning aksariyati 5 iyulda "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvdan keyin tatilga yo'l olishgandi. Yoshlar tarkibi futbolchilari esa 17 iyulga qadar tatilda bo'lishadi. Ikkinchi davra 2 avgust kuni start oladi. Iyul oxirida esa O'zbekiston Kubogi chorak finalida "Cementchi" bilan javob bellashuvi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia