"Paxtakor" stadioni taqdiri qanday bo'ladi? Jahongir Ortiqxo'jaev javob berdi
Aziz Tukhtamuradov
4 dek 2024, 11:42
"Paxtakor" futbol klubi rahbari Jahongir Ortiqxo'jaev matbuot anjumanida klub stadioni haqidagi savolga javob qaytardi.
"Paxtakor" stadioni chimini FIFA standartlariga mos tarzda yangilaymiz. Nasib qilsa bahordan o'z maydonimizda o'ynashni boshlaymiz", - dedi Ortiqxo'jaev.