Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" - "So'g'diyona"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2019
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 13-daqiqada jarima to'pidan keyin Egor Krimec boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. 20-daqiqada Masharipovning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to'pini Igor Sergeev boshi bilan darvozaga yo'lladi

33-daqiqada chiroyli hujumdan keyin Sardor Sobirxo'jaev tepgan to'p salgina noaniq ketdi. 

35-daqiqada Jaloliddin Masharipovning zarbasidan so'ng ustunga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

38-daqiqada Masharipovning ajoyib harakatidan keyin Sobirxo'jaev darvoza tomon noaniq zarba berdi. 


55-daqiqada Masharipovdan to'pni qabul qilib olgan Igorning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib darvozadan joy oldi

89-daqiqada Marat Bikmaevningdarvozaga yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib darvozabon tomonga bordi, bu erda Dostonbek Hamdamov chaqqonroq harakat qilib gol urdi - 3:0.

Uchrashuvda "Paxtakor" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 



Coca-Cola Superligasi / 21-tur
1 oktyabr, seshanba
17:00 - PAXTAKOR – SO'G'DIYONA 3:0
Hakamlar:
Olim To'ychiboev (Farg'ona), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Rustam Choriev (Termiz)
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent)
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Igor Sergeev 20, - 1:0 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeev 55, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov). Dostonbek Hamdamov 89, - 3:0.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 90+1), Marko Simich, Egor Krimec (S), Farrux Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev (Sadriddin Abdullaev, 69), Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov (Marat Bikmaev, 77), Igor Sergeev.
Zaxira:
Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Ruslan Roziev, Humoyunmirzo Iminov, Shohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak.

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, ElyorOrifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 24), Shohruz Norxonov, Dian Talxatov (Jamshid Boltaboev, 46), Jasur Hasanov, Nikola Milinkovich ( Sanjar Rashidov, 64), Sherzod Fayziev.
Zaxira: Shirinboy Abdullaev,Siroj Meliev, Oybek Nurmatov, Izzat Abdullaev, Sahob Rashidov, Shahboz Jo'rabekov.

Ogohlantirishlar: Egor Krimec 53.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia