"Paxtakor" "Rubin" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2015, 16:38
"Paxtakor" Turkiyada Qozonning "Rubin" klubiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.
22-daqiqada Vladimir Dadyun hisobni ochdi - 1:0. Oradan 2 daqiqa o'tgach "sherlar" hisobni tenglashtirishdi - 1:1. Kaxi Maxaradze o'zini ko'rsatdi.

62-daqiqada Oleg Kuzmin yana bir bor Qozon klubini oldinga olib chiqdi - 2:1.

Uchrashuvdagi so'nggi golni "Paxtakor" vakillari urishdi - 2:2. Burchakdan oshirilgan to'pni Adnan Oraxovac darvozaga yo'lladi.


"Paxtakor" - "Rubin" - 2:2

Gollar: Maxaradze 24, Oraxovac 72 - Dadyun 22, Kuzmin 62

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia