"Paxtakor" - "Neftchi". Kim qanday rangli formada o'ynaydi?
Narzulla Saydullayev
30 mar 2018, 20:41
Biroz avval Toshkent shahridagi "Paxtakor" stadionining matbuot anjumanlari zalida "Paxtakor" hamda "Neftchi" klublari o'rtasidagi o'yin oldi yig'ilish o'tkazildi.
Unda ertangi o'yin oldidan bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Shu qatori ertaga jamoalar qaysi rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham oydinlashdi.
Unga ko'ra "Paxtakor" oq, "Neftchi" qizil yo'l yo'l rangli libosda o'ynaydi.