"Paxtakor" yig'inida Adnan Oraxovac ishtirok etmoqda

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014
Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi Toshkent va Qibrayda davom etmoqda.
Kecha zalda trenajyor bilan bog'liq mashqlarni bajargan jamoamizning bugungi mashg'uloti Qibrayda bo'lib o'tadi. Futbolchilar bugundan to'p bilan ishlashga o'tishadi. Kaxi Maxaradze mashg'ulotlarga qo'shildi. Shuningdek, chernogoriyalik markaziy himoyachi Adnan Oraxovac yig'inlar davomida sinab ko'riladi. U Toshkentga yetib keldi va mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Adnan 5 mavsum Chernogoriyaning "Buduchnost" klubida o'ynagan. Ushbu mavsumning birinchi yarmini Serbiyaning "Edinstvo" klubida o'tkazgan. Uning o'yini maqul kelgan taqdirda shartnoma imzolanadi.

Adnan Oraxovac
Tug'ilgan sanasi
: 05.02.1991
O'ynagan jamoalari: "Buduchnost" 2009-14 (49 o'yin, 3 gol), "Edinstvo" 2014 (15 o'yin).
Chernogoriya chempioni (2011-12) va kubogi g'olibi (2012-13).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz