

Sergey Lushan tarkibga yana bir iqtidorli futbolchini taklif qildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi, "Paxtakor" jamoasi futbolchisi Ruslan Roziev ijara asosida "Dinamo"ga o'tdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh futbolchini ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va yurtimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati oldidan ma'lum bir manoda tajriba to'plashdir.



